Men 5-6 yildan beri jigar sirroziga…
Men 5-6 yildan beri jigar sirroziga qarshi davolanaman. O'zbekistonda iloji bolmadi, va Hindistonga Shinon orqali bog'landim va zoom orqali doktorlar bilan gaplashdik. Doktorlari kasbining fidoiysi ekan. Doktor shunaqa bolishi kerak. Doktor Yogesh Yadav juda ham tarbiyali va muomalalik ekan, va undan bularni organish kerak deb oylayman. Bu yerga kelib analizlar topshirishni boshladik. Analizlarni har bitta natijasini korib chiqishar ekan etibor bilan. Doktorlar bir birlari bilan maslahatlashib ish qilar ekan. Hech qaysi analiz faqatgina bitta doktor bilan korib chiqilmas ekan. Doktor Vivek Vijni qo'li ham juda yengil ekan. Maqtovlarga O'zbekistonda ishonmagan edim, bu yerga kelib ozim guvohi boldim. Transplantatsiyadan keyin qarovi bolsa huddi ona qaroviga oxshaydi. Bu darajada qarashlarini bilmagan edim. Hozirda oyoqda turibman va ahvolimiz zo'r. Hammadan minnatdormiz.

